Al-Haram va An-Nabaviy masjidlarida muhim karantin cheklovi bekor qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistoni hukumati musulmon olamining eng muqaddas ziyoratgohi hisoblangan Makkadagi Al-Haram va Madinadagi An-Nabaviy masjidlarida pandemiya boshlanganidan beri ilk bor ijtimoiy masofa saqlash talabini bekor qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Talab bekor qilingach, ikki masjidda xodimlar namozxonlarga masofani saqlashda yordam beruvchi yerga yopishtirilgan ko‘rsatkichlarni olib tashlagan.

Bugun, 17 oktyabrda masjidlar to‘liq to‘lgan holatda ibodat qilingan. Mahalliy OAVga ko‘ra, masofani saqlash talabi bekor qilingach, Umra ziyoratini amalga oshiruvchi xorijliklarga Makkaga kelishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, ushbu ikki masjidga keluvchilar COVID-19 qarshi to‘liq emlangan va niqobda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Al-Haram masjidiga keluvchilarga avvalgidek Ka’baga teginish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Saudiya hukumati xorijliklarga Haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bermadi. Ziyoratni mamlakat ichida 60 ming kishi amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida pandemiya boshidan beri 547 ming kishida koronavirus aniqlandi. 8,7 mingdan ortiq bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni masjid Ka'ba

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing