Qurbon hayiti arafasida Ka’baning yopinchig‘i yangilandi (video)

Jamiyat

image

Musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblangan Makkadagi Ka’baning yopinchig‘i – Kisvayi Sharif Qurbon hayiti arafasida yangilandi. Bu haqda “Heber7” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Ka’ba yopinchig‘i Haj ziyorati boshlangach, Qurbon hayiti arafasida yangilangan.

Saudiya Arabiston axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ka’baning yopinchig‘i Masjid al-Haram va Masjid al-Navabiy Boshqarmasi jamoasi tomonidan o‘zgartirilgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu Ka’ba pardasi podshoh Abdulaziz Kisvayi Sharif majmuasida 200 nafar ishchi tomonidan sof ipakdan tayyorlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Ka’baning yopinchig‘i an’anaga ko‘ra, har yili Haj oyida yangilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ka'ba

Baholaganlar

200

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing