Ka’bada noodatiy tarzda namoz o‘qish boshlandi (video)

Olam

Islom olamidagi eng muqaddas qadamjo Ka’bada musulmonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda namoz o‘qishni boshladi. Al-Haram masjididan olingan vidoyelar internetda tarqaldi.

Islom olamidagi eng yirik ikki ziyoratgoh Makka shahridagi Masjid al-Haram va Masjid an-Nabaviya Saudiya Arabistonida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida 20 martdan yopib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Keyinroq esa ushbu ikki yirik masjid Ramazon oyida ham musulmonlar uchun eshiklarini ochmasligi ma’lum qilindi.

Ammo al-Haram masjidida ibodatlar butkul to‘xtatib qo‘yilmadi. Xususan, al-Haram masjidida chegaralangan miqdordagi odamga namoz o‘qishga ruxsat berildi. Musulmonlar namozni bir-biriga zich turib, qatorlar hosil qilgan holda o‘qishi hech kimga sir emas. Ammo koronavirus bu odatga ham ta’sir qildi.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ko‘plab cheklovlar o‘rnatilgan. Bular qatoriga ijtimoiy masofani saqlash, komendantlik soati, ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslikni kiritish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Saudiya Arabistoni Haj-2020 ziyoratini bekor qilishga majbur bo‘ldi. O‘zbekistonda ham Haj ziyoratiga tayyorgarlik ishlari to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Ka'ba

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing