Hijriy 1444 yilning ilk kunida Ka’bapo‘sh yangilandi
Olam
−
02 avgust 2022
9198Hijriy hisobda yangi 1444 yil kirib kelishi munosabati bilan joriy yilning 30 iyul kuni “Ka’bapo‘sh – Kisva” (Ka’baning yopinchig‘i) almashtirildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Ikki Muqaddas Haram masjidlari rahbariyati idorasi ma’lum qildi.
Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etgan.
Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka’bapo‘sh – Kisva” majmuasida turli bo‘limlarda, jumladan, bo‘yash va avtomatik to‘qish, qo‘lda to‘qish, bosmalash, tikish va yig‘ish bo‘limlari hamda Ka’ba kamari va oltin bo‘limida 200 ga yaqin hunarmand va ma’murlar mehnat qilgan. Tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo‘lgan, kompyuter tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.
“Ka’bapo‘sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo‘yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanilgan.
Ma’lumot uchun, hijriy 1444 yil milodiy hisobda joriy yilning 29 iyul kuni boshlandi.
LiveBarchasi