Qo‘ynidan to‘kilsa, qo‘njiga. Qodirovning 15 yashar o‘g‘liga yana bir orden berildi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov 1-darajali “Islom diniga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.

“Checheniston Respublikasi rahbarini qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, muhtaram birodarimiz Adam Ramzanovich Qodirovni 1-darajali “Islom diniga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mukofot Checheniston Respublikasi muftiysi Saloh-Hoji Mejiyev tomonidan Shimoliy Kavkaz mintaqalarining barcha muftiylari ishtirokida topshirildi”, deb yozgan Dudayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofot bugun, 15 noyabr kuni Grozniyda ochilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman chog‘ida topshirilgan. 

“Orden Islom dinini mustahkamlash va uning qadriyatlarini himoya qilishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun beriladi”, deya qo‘shimcha qilgan Dudayev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Adamga “Checheniston qahramoni” unvoni, shu oyda esa “Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni hamda akalari Ali va Ahmad qatorida Checheniston parlamentidagi rag‘batlantirishning eng yuqori shakli – “Daymexkan Siy” (Vatan sharafi) ordeni bilan taqdirlangandi. Shu oy boshida u otasining xavfsizlik xizmatida “muhim” va “mas’uliyatli” lavozimga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing