“Qo‘yliq” bozorida yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
11:29 1734 1 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni Qo‘yliq dehqon bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:18 da Toshkent shahrining Bektemir tumani Xonabodtepa ko‘chasida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozori hududidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari soat 10:27 da hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in soat 10:36 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zararlangani aytilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida joylashgan bir nechta do‘konlar yonib ketgandi.
Live
Barchasi