Quyoshda Yerdan 60 barobar katta teshik paydo bo‘ldi
Bu qiziq
−
07 dekabr 2023
25472Quyoshda “Toj teshigi” deb nomlanuvchi ulkan qorong‘u bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu esa quyoshdan “kosmik shamol” deb nomlanuvchi g‘ayrioddiy nurlanishning kuchli oqim bilan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Ushbu nurlar to‘g‘ri Yer tomonga yo‘nalgan. Bu haqda "Spaceweather" nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu teshik 2 dekabrda hosil bo‘lgan va 24 soat ichida 800 ming kilometrgacha kengaygan. Bu Yer diametridan 60 barobar katta. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu quyosh siklining ushbu bosqichida misli ko‘rilmagan hajmdir.
Qora nuqtaning paydo bo‘lishi Yerda mo‘’tadil kuchsiz geomagnit bo‘ronini keltirib chiqargan. Bu esa radioaloqalardagi uzilishlarga olib kelgan. Biroq uning sayyoraga ta’sir kuchi dastlab taxmin qilingandan biroz pastroq bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Toj teshiklari” Quyoshning magnit maydonlari o‘zgarganda paydo bo‘ladi. Ular qora dog‘lar kabi ko‘rinadi. Chunki bu hududlar atrofi plazmadan sovuqroq va zichroqdir.
Quyosh faolligi yil davomida ortib bormoqda. Chunki u 11 yillik siklining portlash cho‘qqisiga yaqinlashyapti. Biroq, "koronal" teshiklar siklning istalgan vaqtida paydo bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi