Quyoshda so‘nggi uch yildagi eng kuchli portlash yuz berdi

Olam

image

Kecha, 29 noyabr kuni Quyoshda so‘nggi uch yildagi eng kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Fizika instituti Quyoshning rentgen astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

“Orbitada ishlaydigan kosmik rentgen detektorlarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra, portlashga M4.4 balli berilgan. Bu besh ballik chaqnashlar tizimidagi to‘rtinchi daraja (faqat X sinfidagi chaqnashlar M sinfidan yuqori). Oxirgi marta Quyoshda shunday va bundan kuchli chaqnash 2017 yil kuzida yuz bergandi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, katta ehtimol bilan chaqnashning real kuchi yanada yuqori bo‘lgan. Negaki, portlash markazi Quyoshning Yerga ko‘rinmaydigan tarafida bo‘lgan. Shuning uchun olimlar chaqnash kuchi X sinfiga kirishi ham mumkinligini aytmoqda

Mutaxassislar, portlash Quyoshning narigi tarafida yuz bergani uchun undan chiqqan zararli qismlar yerdan yuz millionlab kilometr uzoqlikka sochilib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing