Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
Olam
−
29 Oktabr 2021
10713Kecha, 28 oktyabr kuni Quyoshda X sinfiga kiruvchi kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika institutining Quyoshning rentgen astronomiyasi laboratoriyasi rasmiy saytida xabar berilgan.
Chaqnash Toshkent vaqti bilan soat 20:17 da boshlangan va 31 daqiqa davom etgan.
Qayd etilishicha, ikki kun ichida Quyoshda jami 28 ta kuchsiz, o‘rta va kuchli chaqnashlar sodir bo‘lgan.
Laboratoriya veb-saytidagi yorug‘lik faolligi indeksi to‘q sariq rangga ko‘tarilgan va qizil darajaga biroz yetmagan.
Chaqnash – yulduz yuzasidan koronal moddasining otilib chiqishidir. Chaqnashning joylashuvi va yo‘nalishiga qarab, plazma buluti Yerni qoplashi yoki uning yaqinidan o‘tib ketishi mumkin. Birinchi holda, bunday hodisalar Yer magnitosferasida magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi.
LiveBarchasi