Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 30 mart kuni Quyoshda oxirgi 2 oy ichida ilk bor “oliy ball”li chaqnash yuz berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

“X darajali (oliy ball) chaqnash sodir bo‘ldi. Bu 2026 yil 4 fevraldan beri, ya’ni qariyb ikki oy ichida kuzatilgan birinchi shunday holatdir”, deyiladi laboratoriya xabarida.

Qayd etilishicha, bu 28 mart kuni qayd etilgan plazma chiqindisidan keyin Quyoshda yuz bergan ikkinchi muhim hodisadir.

Laboratoriyaning qayd etishicha, yangi otilib chiqqan plazma buluti allaqachon koinotdan kelayotgan tasvirlarda ko‘rinmoqda. Ularga ko‘ra, plazma bulutining asosiy qismi chetga qarab ketmoqda, biroq uning chekka qismlari Yerga tegib o‘tishi mumkin.

Avvalroq laboratoriya Quyoshda sodir bo‘layotgan yirik plazma otilishi yarim asrdan ko‘proq vaqt ichida Oyga amalga oshiriladigan ilk boshqariluvchi missiyaga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etgan. NASA’ning Artemis II missiyasi 1 aprel kuni boshlanishi kerak. Uning davomida to‘rt nafar fazogir Oyning orqa tomonini sirtga qo‘nmasdan aylanib o‘tadi va Yerga qaytadi. Bu 1972 yildan beri yo‘ldoshga amalga oshirilayotgan ilk boshqariluvchi parvozdir. Missiya taxminan o‘n kun davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh kuchli chaqnash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing