Quvada uch nafar ayol shifoxonada janjal ko‘tarib, derazalarni sindirib tashladi
Jamiyat
−
18 iyul 2020
22676Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani tez tibbiy yordam bo‘limi xodimiga hujum qilingani, mojaroga aralashgan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ham bebahra qolmagani haqida xabarlar tarqaldi.
Quva tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat o‘rganilgan. Aniqlanishicha, 10 iyul kuni soat 21:20 larda Quva tumani, “Go‘zal” MFY, Tinchlik ko‘chasi 13/38-uyda istiqomat qiluvchi J.U., Quva tumani TTYO bo‘limiga telefon orqali nogironligi mavjud bo‘lgan o‘g‘li D.Yo‘ldoshevning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar haqida murojaat qilgan.
Fuqaro J.U.ning murojaatiga TTYO bo‘limi chaqiruvlarni qabul qilish xodimi Z.N. javob berib, TTYO xizmat avtomashinasi va navbatchi shifokorlari boshqa xonadonda tibbiy ko‘rikda ekanligi haqida aytib, ushbu xonadondan chiqqandan so‘ng zudlik bilan J.U.ning xonadoniga borishligini aytgan.
Shundan so‘ng, J.U. TTYO bo‘limining telefon raqami band bo‘lganligi sababli, avtomashina kelishini kutmasdan, karantin qoidalarini buzgani holda, 3 kishi bo‘lib tibbiy niqobsiz bo‘limga tanishlari S.Z. va Ya.Z. bilan birlikda kelgan. Ular TTYO bo‘limi chaqiruvlarni qabul qilish xodimi bilan telefon band bo‘lganligi holatini vaj qilib, o‘zaro janjallashib, janjal davomida qabulxona oynalarini sindirgan. TTYO bo‘limi chaqiruvlarni qabul qilish xodimi Z.N. chaqiruviga binoan yetib kelgan IIB xodimlarini ham qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, mayda bezorilik harakatlarini davom ettirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan J.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 61-2-moddasi 1-qismi hamda 183, 194-moddalari bilan, Z.Soliyeva va Z.Yakubovaga nisbatan MJtKning 54-moddasi 1-qismi 183, 194-moddalari bilan, TTYO bo‘limi chaqiruvlarni qabul qilish xodimi Z.N.ga nisbatan MJtKning 41-moddasi va 54-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Quvasoy shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.
Quvasoy shahar ma’muriy sudining 17.07.2020 yildagi qaroriga ko‘ra, J.Umarova O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 612-moddasi 1-qismi 183,194-moddalarida, Z.Ya. va Z.S. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi 183,194-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, Z.Ya. va Z.S. nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq, J.U. nisbatan esa MJtKning 29-moddasi moddasi qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, TTYO bo‘limi chaqiruvlari qabul qilish xodimi Z.N. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi, 54-moddasi, 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi