“Qutqarish koridori” yoxud “tez yordam”ga qanday qilib yo‘l berish zarur?

Foydali

image
“Tez yordamga” yo‘l berilmagani sabab bemor “Toshkent” xalqaro aeroportida vafot etdi north_east

“Tez yordamga” yo‘l berilmagani sabab bemor “Toshkent” xalqaro aeroportida vafot etdi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z saytida transport vositalari haydovchilariga murojaat qilib, ularni “tez yordam” mashinasiga yo‘l berishga chaqirdi. Tirbandlikda qolib ketayotgan shifokorlar va ularni kutayotgan bemorlar qimmatli vaqtni yo‘qotayotgani ta’kidlandi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining fikricha, haydovchilarda shaxsiy javobarlik va “tez yordam” mashinalariga yo‘l berish madaniyatini shakllantirib bo‘ladi. Ammo bunda nafaqat davlat idoralari, balki jamiyatning ham hissasi qo‘shilishi zarur

Qonun nimani talab qiladi?

Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, “Yalt-yalt etuvchi ko‘k rangli yoki ko‘k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa, piyodalar qatnov qismidan o‘tmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, bu transport vositalariga yo‘l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo‘shatishlari kerak.”

Bundan tashqari, “Ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasini yoqib to‘xtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur bo‘lgan hollarda harakatlanish tezligini darhol to‘xtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.”

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda, o‘z navbatida, yuqoridagi talab inobatga olinmagan hollarda jazo ko‘zda tutilgan.

128-5-moddaning birinchi qismiga muvofiq: “Transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, - eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Qayerda kutishni tushunish

“Tez yordamni” o‘tkazib yubor degan gapni eshitganingizda, chet elda ishlangan va ushbu mavzuga bag‘ishlangan videolavhalar ko‘z oldingizga kelishi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, “tez yordam”lar siz kesib o‘tayotgan yo‘ldan ham chiqishlari mumkin va svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tib ketishga haqlari bor. Shu sababli ba’zida maxsus transportni o‘tkazib yuborish uchun hech qanday chora ko‘rmasdan – uzoqdan sirena ovozi eshitilganda o‘z vaqtida tezlikni pasaytirishning o‘zi kifoya. Albatta, yo‘nalishni keskin o‘zgartirishning keragi yo‘q – ortingizdan harakatlanayotgan haydovchilarni unutmang.

Umumiy kuch zarur

Agarda siz avtomobillarning tiqilinch oqimiga tushib qolgan bo‘lsangiz, muvaffaqiyat yaqin atrofdagi yo‘l harakati ishtirokchilari harakatlarining muvofiqligiga bog‘liq.

Jahon tajribasida maxsus transport favqulodda vaziyatlarda ko‘pincha chap yo‘ldan harakatlanadi, haydovchilarga esa quyidagi harakatlar rejasi taklif etiladi. Chap yo‘lga tushib qolganlarning hammalari chap tomonga siljishlari, qolgan harakat yo‘llaridagilar – o‘ng tomonga siljishlari kerak. Muhimi, keskin harakat qilmaslik va sizning harakatingiz ahamiyatga egaligini unutmaslikdir. Hattoki o‘ng tomondagi so‘nggi yo‘lda bo‘lganingizda ham umumiy yondashuv bilangina “qutqarish koridorini” shakllantirish imkoniyati bor. O‘ng tomoningizdagi avtomobil haydovchisi o‘zini yo‘qotib qo‘yishi ehtimoli bor. Undan xushmuomalalik bilan ko‘mak so‘rang.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash – eng muhim shartlardan biridir. “Qutqarish koridorini” shakllantirishdek muhim ishni amalga oshirish vaqtida burilish chiroqlarini yoqib qolgan haydovchilarni harakatlaringiz haqida ogohlantirishni unutmang. Boshqa yo‘lga o‘tib olish uchun shoshilmaslik kerak: atrofdagi avtomobillar ham harakatlanishini yodda tuting.

Kesib o‘tayotgan yo‘lingizda qarshingizdagi transportga yo‘l berish vaqtida oldinroq sirenaga quloq tutib, avariyaviy holatni yuzaga chiqarmasdan o‘z vaqtida tezlikni pasaytiring.  

Yon tomonga harakatlanib maxsus transportni o‘tkazib yuborganingizdan so‘ng shoshmasdan o‘z yo‘lingizga qayting.

Jarima haqida

“Qutqarish koridorini” shakllantirish vaqtida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimadan qo‘rqish kerakmi? Yo‘q, bu holda jarimadan qo‘rqmang. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlikt to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasiga muvofiq, “shaxs harakatni (...) oxirgi zarurat holatida qilgan bo‘lsa”, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim. Binobarin, YHQ buzilganligi avtomatlashtirilgan qayd qilish kameralari tomonidan qayd qilingan bo‘lsa ham, jarima to‘g‘risidagi qaror bekor qilinadi.

“Bu menga ham taalluqli” – ushbu gap barcha haydovchilar uchun sirena ovozini eshitganlarida shior bo‘lishi kerak. Ertami kechmi, “tez yordam” mashinasi, ichki ishlar organlari yoki yong‘in xavfsizligi avtomobili sizning uyingizga yoki yaqinlaringizning uyiga shoshilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday holda haydovchilar maxsus avtomobillarga yo‘l bermayotganligini tasavvur qilib ko‘ring. Shaxsiy harakatlaringiz bilan atrofdagilarning ongini o‘zgartirishni bugundan boshlang – “qutqarish koridorini” shakllantiring va sirena ovoziga e’tiborli bo‘lishni odatlaning.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB tez yordam

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing