Toshkentda Nexia-3 ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
07 noyabr
2429Bugun, 7 noyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
“Joriy yilning 07 noyabr kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan Ya.M. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida, yo‘lni ajratib turuvchi betonga to‘qnashib ag‘darilgan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l-transport hodisasi rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, IIBB tomonidan barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlari hamda oraliq masofani saqlab tezlikni oshirmasdan harakatlanishlari so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Bog‘iston” MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvuriga Cobalt avtomashinasi borib urilgandi. Buning oqibatida 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr