Toshkentda haydovchilar yo‘l o‘rtasida janjallashdi
3-sahifa
−
31 Oktabr
7442Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi avtomobil yo‘lida ikki nafar fuqaro o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, 25 oktyabr kuni taxminan soat 18:20 larda Matiz va Spark rusumli avtomashina haydovchilari – 1998 yilda tug‘ilgan M.J. va 1997 yilda tug‘ilgan U.S.lar Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida harakatlangan vaqtida yo‘l talashgan. So‘ng haydovchilar avtomashinasidan tushib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yo‘lning qatnov qismida jamoat tartibini buzib o‘zaro urishgan.
Haydovchilar bu holat yuzasidan muqaddam IIOga murojaat qilmagan.
Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida janjallashgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.