Qo‘shrabotning so‘kong‘ich hokimiga “hayfsan” berildi (video)
3-sahifa
−
04 Sentabr
8022Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hokimining xodimlarini so‘kib, haqorat qilgani haqida audioyozuvlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi tushuntirish berdi.
Viloyat hokimligiga ko‘ra, Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Davronovich Shakarboyevga nisbatan viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, tuman hokimi Shakarboyevning ushbu gaplari tumandagi qurilish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan majlisda yozib olingan. Audioyozuvda hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda xodimlariga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilganini eshitish mumkin. U o‘z so‘zlarida “noinsof”, “eshaksan” va boshqa bir nechta haqoratomuz so‘zlarni ishlatib, majlis qatnashchilarini, jumladan, o‘rinbosarini haqoratlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov Zoom orqali xodimlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun “hayfsan” olgandi.
LiveBarchasi