Qo‘shnilarning yonma-yon turgan mashinalari yonib ketdi
Jamiyat
−
28 iyul 2019 7317 1 daqiqa
Qarshi shahar “Sho‘rtan” MFYda joylashgan ko‘p qavatli 5-uyning oldida turgan 2 ta yengil avtomobil – Nexia va Matiz yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Yengil avtomobillarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Ko‘rsatilgan manzilga 2 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 03:36 da yetib borgan va yong‘in soat 03:38 da qurshab olinib, soat 03:53 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida 5-uyda yashovchi fuqaro A.X.ga tegishli Nexia va Matiz rusumli avtomobillar zararlangan. Yong‘in holati yuzasidan tergov organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust