Qo‘shnilar o‘z yerlaridan Eronga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini kafolatladi – Abbos Aroqchi

Olam

image

Eronga qo‘shni davlatlar o‘z yerlaridan Islom Respublikasiga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasliklari haqida kafolat bergan. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Quvaytga rasmiy tashrifi chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Qo‘shnilarimiz o‘z yerlaridan Eronga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasliklari haqida kafolat berdi. Quvayt men tashrif buyurgan mintaqadagi 11-davlatdir. Bu mamlakatlarning barchasida keskinlik kuchaygandan ko‘ra, to‘xtashi kerakligi haqida konsensus mavjud”, dedi Eron Tashqi ishlar vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari birgalikda harakat qilsa, urush avj olishining oldini olishi mumkin bo‘ladi. Ayni paytda Aroqchi Eron mintaqada urush bo‘lishini istamasligini, balki har qanday ssenariyga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Isroil mintaqada urushni kengaytirishga harakat qilmoqda, biz bu falokatning oldini olishimiz kerak. Mintaqadagi barcha davlatlar Isroilning Eronga hujumiga qarshi ekanini bildirdi. Isroil hujumi sodir bo‘lsa, biz ham xuddi shunday javob berishimizni ta’kidlaymiz”, deydi Eron vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga raketalar bilan zarba bergandi. Isroil armiyasi radiosi Erondan Isroilga 200 ga yaqin raketa uchirilganini aytdi. Isroil Eronga "og‘riqli javob" berishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing