Qo‘shni davlat tilini mazax qilgan Ruminiya Prezidenti jarimaga tortildi
Olam
−
21 May 2020 10938 1 daqiqa
Diskriminatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Ruminiya milliy kengashi mamlakat Prezidenti Klaus Yoxannisni 5 ming ley jarimaga tortdi. Bunga Prezident venger tilini mazax qilgani sabab bo‘ldi.
Kengash mamlakat rahbari etnik kamchilik qadriyatiga nisbatan mensimay munosabatda bo‘ldi degan qarorga keldi.
Klaus Yoxannis televizion chiqishlaridan biri PSD partiyasidan bo‘lgan muxolifatchilarni Rumininyaning Transilvaniya hududini Vengriyaga berish uchun ushbu mamlakat hukumati rahbari Viktor Orban bilan til biriktirishda aybladi.
Yoxannis o‘z chiqishini PSD bilan venger tilida salomlashishdan boshladi. U PSD so‘zini venger tilining masxaraomuz talaffuzida aytdi.
Prezidentning o‘zi Kengash qaroridan norozi bo‘lib, bu bo‘yicha sudga shikoyat qilishini aytdi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr