Ukrainada referendum: Qurollangan rus askarlari uyma-uy yurib, ovoz yig‘yapti (video)
Olam
−
24 Sentabr 2022
13952Kecha, 23 sentyabr kuni Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Donbass mintaqasi, Xerson va Zaporoje viloyatlarida RF tarkibiga kirish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ovoz berish uchun qurolli askarlar bilan uyma-uy yurgan odamlar aks etgan video tarqaldi.
Video ko‘p qavatli uylardan birining kirish qismida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga yozib olingan. Tasvirda “saylov komissiyasi”ning ikki vakili to‘liq jihozlangan va qo‘lida avtomati bo‘lgan ikki rus askari hamrohligida zinadan qanday ko‘tarilayotgani ko‘rsatilgan.
Ular yo‘lda ular bir odamni uchratishgan. “Ovoz berish” taklifiga u bu uyda yashamasligini aytgan.
Ma’lumot uchun, kecha, 23 sentyabr kuni Ukrainaning Donetsk (tan olinmagan DXR), Lugansk (tan olinmagan LXR), Xerson va Zaporoje viloyatlarida rossiyaparast kuchlar boshchiligada bir tomonlama RFga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar boshlandi. Ovoz berish 27 sentyabrgacha davom etadi.
Tan olinmagan DXR va LXRda ovoz berish byulletenida “respublikaning Rossiya Federatsiyasi ta’sis sub’ekti sifatida Rossiya tarkibiga kirishini” qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘qmi degan savol “ovozga” qo‘yilgan.
Zaporoje va Xerson viloyatlarida esa “Siz Ukrainadan ajralib chiqish, mintaqaning mustaqil davlat tashkil etishi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi tarafdorimisiz?” degan savol “ovoz”ga qo‘yilgan.
Ukraina hududlarida bir tomonlama referendum o‘tkazilishiga G‘arb davlatlari, hatto Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamagan Turkiya ham qoraladi. G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishini, NATO esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi