Qurilish vazirligi Toshkent viloyatidagi noqonuniy qurilish ob’ektlari haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Qurilish vazirligi Toshkent viloyatida ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi bo‘lmasdan va qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organni xabardor qilmasdan qurilishi davom etayotgan binolar haqida ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu binolar xususiy investorlar hisobidan qurilyapti.

1. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Do‘stlik” MFY hududida amalga oshirilayotgan monitoringlar jarayonida “Energo Tehnika Grant” MCHJ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 noyabrdagi 961-sonli qarorlari talabini buzib, hududiy Inspeksiyani xabardor qilmasdan 3 ta 4 qavatli turar joy binolarida o‘zboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan.

“Energo Tehnika Grant” MCHJ faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirish natijasiga ko‘ra, ishga oid bo‘lgan barcha hujjatlar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tushuntirish xati va tilxat olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudiga hujjatlar to‘plami taqdim qilingan va MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.

Tegishli chora ko‘rilganidan keyin ham “Energo Tehnika Grant” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagan.

2. Boshqa bir holatda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Oydinobod” MFY hududida amalga oshirilgan monitoringlar jarayonida “Rus Bek” MCHJ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyani xabardor qilmasdan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksida qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan. 

Ruxsat hujjatlari mavjudligi va shaharsozlik me’yorlari hamda qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektning “Rus Bek” MCHJ faoliyatida qisqa muddatli tekshirish o‘tkazilgan. Unga ko‘ra huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tushuntirish xati va tilxat olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudiga hujjatlar to‘plami taqdim qilingan va MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.

Ammo tegishli chora ko‘rilganidan keyin ham “Rus Bek” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan qurilish montaj ishlari davom ettirilmoqda.

3. Toshkent viloyati Chinoz tumani “Yallama” MFY hududida amalga oshirilgan monitoringlar jarayonida “Euroazia Transportion and Logistik Companiy” MCHJ QQ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 noyabrdagi 961-sonli qarorlari talabini buzib, hududiy Inspeksiyani xabardor qilmasdan bojxona terminalining qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan.

2020 yil 7 mayda moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar qurilish ob’ektlariga, sub’ektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda hech qanday to‘siqsiz kirish hamda ruxsat hujjatlari mavjudligi va shaharsozlik me’yorlari hamda qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish olib borilgan.

Tekshiruv jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha “Euroazia Transportion and Logistik Companiy” MCHJ QQ faoliyatiga oid qisqa tekshirish o‘tkazilgan. Qisqa muddatli tekshirish natijasiga ko‘ra huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tushuntirish xati va tilxat olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudiga hujjatlar to‘plami taqdim qilingan va MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.

Tegishli chora ko‘rilganidan keyin ham “Euroazia Transportion and Logistik Companiy” MCHJ QQ tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan qurilish montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahrida noqonuniy qurilayotgan imoratlar haqida ma’lumot berligandi. QALAMPIR.UZ`da ham Yakkasaroy tumanida “Insoft Invest” MCHJ tomonidan qurilayotgan “Askiya City” turar joy majmuasi noqonuni barpo etilayotgani haqida maqola e’lon qilingandi. Mazkur qurilish noqonuniyligini Yakkasaroy tumani hokimligi vakili xam tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish

Baholaganlar

55

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing