Qurilish korxonasiga ishongan fuqaro 7 yildan buyon boshpanasiz qolmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro salkam 7 yildan buyon boshpanasiz qolgani bo‘yicha qurilish korxonasi ustidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga shikoyat qildi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda murojaatchi yashaydigan ko‘p qavatli uy “snos”ga tushgan va qurilish firmasi tomonidan fuqaroga 1 yil mobaynida 2 xonali uy ajratilishi bo‘yicha kafolat xati ham taqdim etilgan. 

Lekin shartnomada ko‘rsatilgan ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan bo‘lsada, murojaatchiga tadbirkor tomonidan va’da qilingan uy shu kunga qadar ajratilmagan. 2022 yilda fuqaroga ajratilgan xonadon boshqa shaxsga sotib yuborilgan. Oqibatda fuqaro oilasi bilan boshpanasiz qolgan. Uning tegishli davlat tashkilotlariga qayta-qayta qilgan murojaati ham hech qanday natija bermagan.

"Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holat uning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘planib, zarur ta’sir choralari tayyorlanmoqda", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi Qonunning 10 moddasiga ko‘ra, vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent snos qurilish korxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing