Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul bo‘ladi
Jamiyat
−
05 iyun 4371 1 daqiqa
Ertaga, 6 iyun kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 6 iyun – Qurbon Hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin ya’ni tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.
Bundan tashqari, Qurbon hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
7 iyun – shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
8 iyun – yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatdagi jome masjidlarda o‘qiladigan hayit namozi vaqtlarini e’lon qilgandi. Qolaversa, ertaga, 6 iyun kuni poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilayotgani haqida ham xabar berilgandi.
Live
Barchasi