Qurbon hayiti kuni metro qay tartibda ishlaydi?
Jamiyat
−
07 iyul 2022
56109 iyul kuni Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan, ya’ni odatdagidan 1 soat erta boshlaydi. Bu haqda Metropoliten Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, poyezdlar ertalab 04:00 dan kechki soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi. 10, 11, 12 iyul kunlari esa dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, ya’ni soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosi Yer usti halqa yo‘nalishidagi 7-bekat yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopiladi, shuningdek, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.