Toshkent metrosining 7-bekati vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 iyul kunidan 18 iyul kuniga qadar Toshkent metrosi Yer usti halqa yo‘lining 7-bekati yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi 387-F sonli farmoyishi talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten Yer usti halqa yo‘lining 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 7-bekat 2022 yil 11 iyul kunidan 18 iyul kuniga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, 2022 yil 11 iyul kunidan avgustga qadar Yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing