“Qumtor” va turklar uchun pasportlar — Atamboyev yana ikki yirik jinoyatda ayblanishi mumkin

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev boshqa bir jinoiy ish bo‘yicha sudlanuvchiga aylanishi mumkin: Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2016 yilda Turkiya fuqarolariga Qirg‘iziston pasportlarini noqonuniy ravishda berish faktlarini tekshirishni boshladi.

Aniqlik kiritilishicha, fuqarolikni berish to‘g‘risidagi qaror Farid Niyozov boshchiligidagi Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya raisligi ostida qabul qilingan va farmon Atamboyev tomonidan imzolangan. Natijada o‘n nafar Turkiya fuqarosi Qirg‘iziston pasportiga ega bo‘lgan.

Tergov harakatlari va tezkor-qidiruv faoliyati sudgacha bo‘lgan protsesslar doirasida davom etmoqda.

2016 yil yozida Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lib, rasmiylar AQSHda joylashgan Islom voizi Fathulloh Gullenni aybladi. Turkiya hukumati vakillari Gulen fondi ishtirokida tashkil etilgan Qirg‘iziston va boshqa davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan “Sebat” litseylari respublika xavfsizligiga tahdid solishini ta’kidladi va ularni yopishni tavsiya qildi.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston ushbu dalillarni qat’iyan rad etdi va litseylarni saqlab qolishga qaror qildi. Ammo, ularni “Sapat” deb o‘zgartirdi. Asli Turkiyada bo‘lgan O‘rxan Inandi “Sebat” maktablari tarmog‘i va Otaturk-Ala-Too universitetining asoschisi hisoblanadi. 2012 yilda u Qirg‘iziston fuqaroligini olgan.

Shuningdek, 8 iyul kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Toshiyev jurnalistlarga Atamboyev “Qumtor” oltin koni atrofidagi korrupsiya ishi bo‘yicha sudlanuvchiga aylanishi mumkinligi haqida aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi Prezidentlari — Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlar ham mamlakatdagi eng yirik oltin koni — Qumtor ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan.

Akayev Kanadaning Cameco Corporation kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu kompaniya Qumtor konini 1990 yillarning boshidan beri o‘zlashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Atamboev

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing