Quloqqa ilingan lag‘mon deputatga qanchaga tushdi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Federal Majlisga qilgan murojaatini qulog‘iga lag‘mon ilib tinglagan Samara viloyati Dumasi deputati Mixail Abdalkin Rossiya Federatsiyasi armiyasini obro‘sizlantirishda ayblangan edi. Endilikda sud uning mazkur harakati uchun jarimaga tortdi. Bu haqda TASS xabar berdi.  

Deputatning advokati Aleksey Lapuzinning aytishicha, Abdalkin 150 ming rubl (1 959 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan. Himoya tomoni sud qarorini noqonuniy va asossiz deb hisoblab, uning ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda. Lapuzin mazkur holat Rossiya Konstitutsiyasining inson huquqlari va erkinliklari haqidagi 2-bobi talablariga zid ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 mart kuni Mixail Abdalkinga qarshi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 20.3.3-moddasi 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Joriy yilning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisida ham Abdalkin o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Abdalkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing