Qo‘lga olingan rus kemasi qo‘yib yuborildi
Olam
−
29 iyul 2019
3321Avvalroq, Shimoliy Koreya chegarachilari Rossiyaning “Shimoliy-sharqiy baliqchilik kompaniyasi”ga tegishli “Syanxaylin-8” kemasini qo‘lga olgani haqida xabar bergan edik.
Joriy yilning 27 iyul kuni Shimoliy Koreya “Syanxaylin-8” baliqchilik kemasini qo‘yib yuborgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining KXDRdagi Elchixonasi ma’lum qildi.
“Syanxaylin-8” Vonsan portidan chiqib, Rossiyaga ketgan.
“Rossiya kemasining qo‘lga olinishi bo‘yicha vaziyatni o‘rganishda davom etamiz”, deyiladi Elchixona bayonotida.
“Syanxaylin-8” kemasining ekipaji KXDR davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblandi. Rossiya tomoni kema neytral suvlarda suzganini bildirgan.
“Syanxaylin-8” kemasining bortida 17 dengizchi – 15 nafar rus va 2 nafar janbiy koreyalik bo‘lgan.
LiveBarchasi