Qo‘lbola usulda “aroq” ishlab chiqarayotgan sex faoliyati fosh etildi
Jamiyat
−
22 noyabr 2019 9336 1 daqiqa
Samarqand shahrida qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan aroq mahsulotlarini boshqa fuqaroga sotayotgan fuqaro ushlangan. Bu haqida prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.G. yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan aroq mahsulotlarini boshqa fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Tadbirda, F.G.ning yashirin sexidan qo‘lbola usulda tayyorlangan iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i talabiga javob bermaydigan 0,5 hajmli “TROYKA” “FILATOFF”, “MYeDOVAYa” nomli va 34 dona 1,5 litr hajmli elim idishlardagi spirtli ichimliklar hamda “KONYAK” alkogol mahsulotlari va bir xil raqamli qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 176 va 186-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28