Farg‘onada aroqdan zaharlanganlarning 4 nafari vafot etdi

3-sahifa

image

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Qo‘shtepa tumanlarida yashovchi 7 kishi aroqdan zaharlangani, ularning bir nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik. Zaharlanish oqibatida vafot etganlarning jami soni 4 nafarga yetdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bugun, 10 sentyabr kuni zaharlanish oqibatida fuqaro A.X., joriy yilning 8 sentyabr kuni esa Q.D. vafot etgan.

Bundan tashqari, viloyatning Qo‘shtepa tumanida fuqaro M.B. ham zaharlanishdan olamdan o‘tgan .

Avvalroq 6 sentyabr kuni Oltiariq tumanida Yu.I. ham qo‘lbola usulda tayyorlangan alkologdan zaharlanib, vafot etgandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro A.D. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar tayyorlagan. Ushbu mahsulotlarga “AKTAU” va “KARATAU” nomli savdo belgili yorliqlarni yopishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bir oilaviy korxonasiga ushbu alkogol mahsulotlarini sotgani aniqlangan. 

6 sentyabr kuni A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-(Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, xizmatlar ko‘rsatish) va 186-1- (Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

aroq zaharlanish Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing