Farg‘onada 7 kishi aroqdan zaharlandi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2023
6348Farg‘ona viloyati Oltiariq va Qo‘shtepa tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro aroqdan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 5 sentyabr kuni Qo‘shtepa tumanida yashovchi 2 nafar, Oltiariq tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro noma’lum moddadan zaharlanishi oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro A.D. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar tayyorlagan. Ushbu mahsulotlarga “AKTAU” va “KARATAU” nomli savdo belgili yorliqlarni yopishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bir oilaviy korxonasiga ushbu alkogol mahsulotlarini sotgani aniqlangan.
Bugun, 6 sentyabr kuni A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186 (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-1- (Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi