Qo‘qonlik Abbosxonning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 10 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida O‘zbekiston boks federatsiyasining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasida jami 9 ta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari orqali anchagina tanilib ulgurgan qo‘qonlik Abbosxon Yo‘ldoshev ham turnir doirasida ringga ko‘tariladi. Abbosxonga Qashqadaryo viloyati vakili Doston Pardayev raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Pardayevga qarshi jang Yo‘ldoshev uchun faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ladi. So‘nggi jangini Abbosxon "Humo arena"da Shohruh Kenjayevga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘ldoshev shu yilning mart oyida Bekzod Isadullayevga qarshi o‘tkazgan jangidan keyin bergan intervyusi orqali O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Abbosxon

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing