Qo‘qondagi sexda katta yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
30 avgust
6355Bugun, 30 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida elektr choynak ishlab chiqarish sexining omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 09:51 da Qo‘qon shahar “Arziktepa” MFY Sariqqamish ko‘chasida joylashgan elektr choynak ishlab chiqarish sexi omborxonasining ichki va tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng, yong‘inni bartaraf etishga 7 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnikalar jalb etilgan. Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 09:57 da yetib borib, yong‘in soat 10:32 da o‘rab olingan hamda soat 11:40 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan omborxonaning taxminan 500 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi omborxonada yong‘in chiqqandi. Shuningdek, “Chorsu”dagi kiyim do‘konida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi