Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar qayta qurib beriladi
Jamiyat
−
13 iyun 2023 9000 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi savdo majmuasida yong‘inda yonib ketgan do‘konlar 15 kun ichida bozor ma’muriyati tomonidan qayta qurib beriladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, yonib ketgan do‘konlarning barchasi bozor balansida bo‘lgan. Shu sabab do‘konlarni qurib berish bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanishi, buning uchun yetarli quruvchilarning jalb etilishi ta’minlanadi va nazoratga olinadi.
“Qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan hech qanday mablag‘ olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi, buning uchun ma’muriyatga yetarli bank krediti taqdim etiladigan bo‘ldi", deydi hokimlik vakili.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 iyun kuni soat 19:17 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan savdo kompleksida yong‘in yuzaga kelgan edi. Mazkur yong‘in oradan 4 soat o‘tib o‘chirildi. Bosh prokuratura bozor hududidagi rastalarda sodir bo‘lgan katta yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr