Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatganlar jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Qo‘qon davlat pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o‘rnatgan 4 kishi jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 5 maydagi qaroriga ko‘ra institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish)da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida, ya’ni 4 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari M.A., B.O. va bo‘lim boshlig‘i R.M. ham MJtKning 46-1-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblangan. Ularning har biriga BHMning o‘n baravari miqdorida, ya’ni 3 000 000 so‘mdan jarima jazosi belgilangan.

“Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy Telegram kanalining muloqot botiga qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatish kamerasi yashirincha o‘rnatilgani haqida ma’lumot bergan edi. Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni boshlagandi.Shuningdek, institut prorektori lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima kamera Qo'qon davlat pedagogika instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing