Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘ldimi? (video)
3-sahifa
−
13:49 8691 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida bugun, 1 yanvarga o‘tar kechasi ommaviy tartibsizlik bo‘lgani, mashina yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 31 dekabr kuni soat 23:55da Qo‘qon shahar A.Charxiy ko‘chasida Yangi yil bayramini nishonlash maqsadida yo‘lning qatnov qismida shu yerda yashovchi fuqarolar chiqib, mushakbozlik uyushtirmoqchi bo‘lgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida jamoat tartibi, harakat xavfsizligi ta’minlangan va huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Biroq tarqalgan xabarlardagi kabi avtomashina yoqib yuborilgani holati sodir bo‘lmagan va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Fuqarolardan asossiz xabarlar ortidan noo‘rin xulosaga bormasliklarini so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yo‘lni to‘sib, ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga uringan shaxslar ozodlikdan mahrum etilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025