Qo‘qonda olib qochilgan Matiz pachoqlangan holda topildi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida olib qochilgan Matiz pachoqlangan holda topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 23 fevral kuni Buvayda tumanida yashovchi fuqaroga tegishli Matiz rusumli avtomashina Qo‘qon shahar Turon ko‘chasida joylashgan kafe oldidan olib qochilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni O‘zbekiston tumanida yashovchi 19 yoshli L.T. sodir etgani aniqlangan va gumonlanuvchi ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, avtomashinangiz kalitini salonda qoldirmang! ” deyiladi xabarda.

Shuningdek, yuqoridagi shaxsdan jabrlanganlar bo‘lsa, IIOga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona mashina olib qochish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing