Qo‘qonda maktab o‘quvchisi odam urib yuborgani rad etildi
3-sahifa
−
29 aprel
5619Avvalroq, Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi avtomashina boshqarib ketayotib, odam urib yuborgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Ushbu holat Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, munosabat bildirildi.
"Avtomashina boshqaruvida bo‘lgan fuqaro A.Q. 2023 yilda Qo‘qon shahridagi 25-maktabni tamomlagan. U ayni paytda maktab o‘quvchisi hisoblanmaydi", deyiladi munosabatda.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 25 aprel kuni Qo‘qon shahar Usmon Nosir ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.A. o‘z boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasi bilan piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan 24 yoshli fuqaro B.M.ni urib yuborgan.
Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan.
"Hozirda B.M.ning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi