Qo‘qonda fuqaro “lezviye” bilan joniga qasd qilishga urindi. IIB izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida bir fuqaroning (ayol) sog‘lig‘i yomonlashgani va yana bir fuqaro piska bilan joniga qasd qilishga uringani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat IIB Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ushbu holat o‘rganilganda, joriy yilning 1 sentyabr kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan Matiz rusumli transport vositasi haydovchisining psixotrop modda ta’sirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekshiruvga taklif etilgan vaqtda haydovchi tibbiy tekshiruvdan bosh tortgani, ushbu holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 136-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

Joriy yilning 5 sentyabr kuni ushbu Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi va uning onasi Qo‘qon shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga kelib, ushbu ma’muriy bayonnomaga e’tiroz bildirib, transport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishni so‘rashgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud organiga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi hamda qonuniy qaror qabul qilinishi tushuntirilganda haydovchining bundan jahli chiqib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va onasining sog‘ligi yomonlashgan.

Ushbu fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing