Qudratillo Abduqahhorov raqibini nokautga uchratdi
Sport
−
17 noyabr 2023
5463Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da mahalliy boks promousheni – Lift Promotions tomonidan katta jang oqshomi tashkil qilindi. Unda o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov Tanzaniya vakili Maono Alliga qarshi ringga ko‘tarildi.
8 raundga mo‘ljallangan jang 2-raundda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi foydasiga hal bo‘ldi.
Abduqahhorov tanzaniyalik raqibini ketma-ket aniq zarbalar orqali texnik nokautga uchratdi va WBC'ning maxsus kamariga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, ularning faqat 2 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan, qolgan barcha jangda qo‘li baland kelgan. U so‘ngi jangini joriy yilning 31 avgust kuni Moskva shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomining markaziy jangida mezbon Magomed Madiyevga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq -57,1 kg vazn toifasida ukrainalik Aleksandr Yegorovga qarshi ringga ko‘tarilgan Abdumalik Xalokov ham texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘lgan edi.
LiveBarchasi