Qudratillo Abduqahhorov yangi promouter bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov yangi promouter bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Qudratillo Abduqahhorovning yangi menejeri Luis Kiki Magana – DAZN, TopRank va shunga o‘xshash ko‘plab mashhur kompaniyalar bilan birga ishlagan.

Ma’lumot uchun, yarim o‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi so‘nggi jangini o‘tgan yilning 17 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da tanzaniyalik Maono Alliga qarshi o‘tkazib, 8 raund etib belgilangan jangni ikkinchi raundda yakunlangan va raqibini nokautga uchratgan.

Bu Abduqahhorov uchun ikkita ketma-ket mag‘lubiyatdan keyin qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘lgan. Uning hisobidagi g‘alabalari soni 20 tani (12 nokaut) tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Qudratillo Abduqahhorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing