Qudratillo Abduqahhorov ham Toshkentda jang qiladigan bo‘ldi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Toshkent shahri mezbonligida WBC tashkilotining konvensiya tadbiri bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir fonida 17 noyabr kuni mahalliy boks promousheni – Lift Promotions ham katta jang oqshomi tashkil qilishini rejalashtirgan. 

“Humo Arena”da o‘tadigan mazkur boks kechasida bir qator O‘zbekiston va Jahonning nomdor sportchilari qatorida yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBC Silver kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov ham ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. O‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi o‘sha kuni tanzaniyalik Nikolas Maykl Mdoega qarshi jang qiladi. 

Ma’lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, ularning faqat 2 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan, qolgan barcha jangda qo‘li baland kelgan. U so‘ngi jangini joriy yilning 31 avgust kuni Moskva shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomining markaziy jangida mezbon Magomed Madiyevga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqahhorov bilan bir oqshomda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov ham prof boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. O‘sha kuni unga Janubiy Afrika vakili Kris Tompson raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

WBC Qudratillo Abduqahhorov Nikolas Maykl Mdoe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing