Yangilangan IBF reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning o‘rni qanday?

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasi IBF bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev (10-0) chempion sifatida qayd etilgan. “Mj Kaka” shuningdek, WBA yo‘nalishi chempioni ham hisoblanadi.  

Yarimo‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida ringga ko‘tariladigan Qudratillo Abduqahhorov (18-1) esa 1-pog‘onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari amerikalik Errol Spensga tegishli. Bir necha kun avval Abduqahhorov kanadalik Kodi Krovliga qarshi to‘qnashuvda ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) esa Shohjahon Ergashev (21-0) to‘rtinchi pog‘onada joylashgan. Shuningdek, ushbu vaznda Shahram G‘iyosov (11-0) 11-pog‘onani egallab turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidanToshkentda o‘tkaziladigan professional boks oqshomida Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Hasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziyev kabi bokschilar ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Shahram G'iyosov Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov Qudratillo Abduqahhorov IBF

Baholaganlar

867

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing