Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborilyapti

Jamiyat

image
Qo‘chqorov tadbirkorlarga olamshumul imtiyozlar bermoqchi. “Tanka”si yo‘qlar ham foydalana olarmikin? north_east

Qo‘chqorov tadbirkorlarga olamshumul imtiyozlar bermoqchi. “Tanka”si yo‘qlar ham foydalana olarmikin?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari kecha, 13 dekabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning hozirgi holati va ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risi”dagi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborishga kelishib oldi. Bu haqda Parlament quyi palatasi saytida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, maxsus iqtisodiy, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari uchun 1 500,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘larning ob’ektlar kesimida manzilli dasturi tasdiqlangan bo‘lsa-da, lekin joriy yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra ajratilgan mablag‘larning 540,5 mlrd. so‘mi o‘zlashtirilgan.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalardagi ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolari yakunlanmagani sababli ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmay qolgan.

Shu bilan birga, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 320 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganiga qaramay, ushbu mablag‘ o‘z vaqtida o‘zlashtirilmagan.

Shundan kelib chiqib, majlisda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning hozirgi holati va ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risi”dagi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov

Baholaganlar

193

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing