Qo‘chqorov va Ortiqxo‘jayev Olmazordagi 2,5 ming oilani kambag‘allikdan olib chiqishi kerak

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning Olmazor tumanida uyma-uy yurish orqali 3 ming 23 ta yordamga muhtoj oila “temir daftar”ga kiritilgan. Shundan 568 ta oila a’zosi ishga joylashtirilib, yordamga muhtojlar toifasidan chiqarilgan. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tumanga amalga oshirgan tashrifi davomida so‘z bordi. 

Bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari –  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Toshkent  shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, sektor rahbarlari qolgan 2 ming 455 ta oilani yil oxirigacha kambag‘allikdan qanday olib chiqishi bo‘yicha hisobot beradi.

“Shu o‘rinda, tuman hokimi va uning 6 ta o‘rinbosari, sektor va tuman, tijorat banklari filiallari idoralari rahbarlarini turmush sharoiti eng og‘ir bo‘lgan 3-4 tadan xonadonga biriktirish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. 

Biriktirilgan rahbarlar ushbu oilalar farzandlarini o‘qitish, tadbirkorlik va uy-joy uchun kredit olish, ishga joylashish masalasida amaliy yordam berishi kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari “temir daftar” tajribasi haqida ilk bor joriy yilning 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan edi. “Asosiy maqsadimiz, “temir daftar”ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlab, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish hisoblanadi”, degan edi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing