Qrimga 20 ta uchuvchisiz samolyot hujum qildi
Olam
−
12 avgust 2023
8899Bugun, 12 avgustga o‘tar kechasi anneksiya qilingan Qrimga Ukraina uchuvchisiz samolyotlari hujum qildi. Rossiyaning havo mudofaasi kuchlari hujumni qaytardi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, Ukraina Qrim yarim oroli hududidagi ob’ektlarga 20 ta dron bilan hujum qilgan. Ularning 14 tasi havo mudofaasi tomonidan, qolgan oltitasi esa radioelektron vositalar yordamida to‘xtatilgan. Dron hujumi oqibatida qurbonlar va vayronalar bo‘lmagan.
Mahalliy nashrlar Qrim ko‘prigida harakat yana to‘xtatilganini yozmoqda, biroq bunga dron hujumi sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgustida ham Ukraina Qrimga dron uchirgan, shulardan ikkitasi Sevastopol shahri yaqinida navbatchi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan bo‘lsa, yana 9 tasi nishonga yetib bormay, Qora dengizga qulagandi. 1, 6, 9, 10 va 11 avgust kunlari esa Rossiya poytaxti Moskvaga dron hujumi uyushtirilgandi. Bunga javoban 2 avgustga o‘tar kechasi Kiyevga, 8 avgustda Pokrovskka, 9 avgustda Zaporoje shahriga va 11 avgustda Kiyev viloyatiga havo hujumi uyushtirildi.
LiveBarchasi