Qozonda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Tataristonda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan og‘ir ahvoldagi o‘zbekistonlik fuqaro mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1969 yilda tug‘ilgan U.Sh.V. mehnat faoliyati davomida sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga kelishi oqibatida shoshilinch ravishda Tataristondagi klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholagan va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh konsulxona tomonidan tegishli choralar ko‘rilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bemor fuqaroni maxsus kuzatuv asosida Qozon–Toshkent yo‘nalishi orqali mamlakatga olib kelish ishlari samarali tashkil etilgan.

Amalga oshirilgan tezkor va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaro O‘zbekistonga yetkazilgan va ayni paytda u O‘zbekistondagi shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada og‘ir ahvola qolib ketgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing