Qozog‘istonlik tennischi “Australian Open” finaliga chiqdi

Sport

image

Bugun, 29 yanvar kuni qozog‘istonlik tennischi Anna Danilina mavsumdagi birinchi “Katta dubulg‘a” turniri – “Australian Open”ning juftlik bahslarida serbiyalik Aleksandra Krunich bilan hamrohlikda turnir finaliga yo‘l oldi. 

Avstraliya ochiq chempionati yarim finalda qozoq-serb dueti kanadalik Gabriela Dabrovski va braziliyalik Luiza Stefani bilan to‘qnash kelishdi.

Uchrashuv uch set davom etdi hamda Anna va Aleksandraning 7/6 (7/2 - tay-breyk), 3/6, 6/4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tennischilar kortda 2 soat 22 daqiqa vaqt sarflashdi. Bu vaqt ichida qozog‘istonlik va serbiyalik tennischilar uchta eys, bitta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va 11 ta breyk-pointning yettitasidan unumli foydalandi.

Shunday qilib, qozoq-serb dueti Danilina va Krunic  “Australian Open” juftlik bahslari finalga chiqdi. Ular hal qiluvchi bahsda Elise Mertens (Belgiya)/Chjan Shuay (Xitoy) hamda Vera Zvonaryova (Rossiya)/Ena Shibaxara (Yaponiya) o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining a’zosi Polina Kudermetova musobaqaning ikkinchi davrasida daniyalik 23 yoshli Klara Tausonga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining a’zosi Kamilla Rahimova “Australian Open” birinchi davrasida dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Australian Open” Anna Danilina Aleksandra Krunich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing