Qozog‘istonlik tennischi “Australian Open” chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
31 yanvar 1763 1 daqiqa
Bugun, 31 yanvar kuni Qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Avstraliya ochiq chempionati ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi belaruslik Arina Sobolenkoni mag‘lub etib, 2026 yilgi ilk “Katta dubulg‘a” chempionligini qo‘lga kiritdi.
Dunyo reytingida beshinchi o‘rinda turuvchi Ribakina finalda dunyoning birinchi raqamli raketkasi belaruslik Arina Sobolenko bilan to‘qnash keldi. Musobaqa Melburndagi qattiq kortda bo‘lib o‘tdi. Final uch set davom etdi va 6/4, 4/6, 6/4 hisobida Ribakina foydasiga yakunlandi. O‘yinchilar maydonda 2 soat 18 daqiqa vaqt sarflashdi.
Uchrashuv davomida qozog‘istonlik tennischi 6 ta eys amalga oshirdi, uchta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va oltita breyk-poyntning uchtasidan unumli foydalandi.
26 yoshli Ribakina Avstraliya ochiq chempionatida o‘zining birinchi chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu uning ikkinchi “Katta dubulg‘a” chempionligi hisoblanadi. Birinchisi 2022 yilda Uimbldon musobaqasida bo‘lgan.
Sobolenko ketma-ket ikkinchi marta Avstraliya ochiq chempionati finalida mag‘lub bo‘ldi. O‘tgan yil amerikalik Medison Kiz chempionlikni qo‘lga kiritgan edi, ungacha Sobolenko ikki marta ushbu musobaqada g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, Melburndagi musobaqadan so‘ng Sobolenka jahon reytingida birinchi o‘rinni saqlab qoladi, Ribakina esa beshinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Live
Barchasi