Qozog‘istonlik Olimpiya chempioniga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

Sport

image

Bugun, 25 fevral kuni Ostonada figurali uchish bo‘yicha 2026 yilgi Olimpiya chempioni Mixail Shaydorovni tantanali kutib olindi va chempionga  qimmatbaho sovg‘a topshirildi. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.

Tadbir poytaxt Ostona aeroportida tashkil etilgan. Unda OAV vakillari, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mas’ullari hamda muxlislar ishtirok etgan. 

Marosimda Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennady Golovkin so‘zga chiqib, chempionni tabriklagan va 2026 qishki Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga uch xonali kvartira uchun sertifikat  topshirgan.

Shuningdek, Mixail Shaydorovning Olimpiadadagi g‘alabasidan so‘ng, mamlakat Prezidenti tomonidan 2-darajali “Baris” ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari u Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgani uchun 250 ming AQSH dollariga teng miqdorda mukofot puli ham olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 fevral kuni 21 yoshli figurist 1994 yildan so‘ng Qozog‘iston tarixidagi ikkinchi qishki Olimpiada chempioniga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya chempioni Mixail Shaydorov uch xonali kvartira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing