Qozog‘istonlik murabbiy Xanchjou ko‘chasida mast holda uxlab qoldi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kuni yakunlangach, Olimpiya shaharchasining ko‘chalaridan birida qozog‘istonlik murabbiy mast holda uxlab qoldi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston eshkak eshish terma jamoasi murabbiyi delegatsiyalar uchun ajratilgan shaharchada mast holda topilgan. Uning sog‘lig‘ida hech qanday muammo bo‘lmagan. Shuning uchun ko‘ngillilar shifokorlarni chaqirib o‘tirmasdan, murabbiyning hujjatlarini tekshirgan va tegishli manzilga eltib qo‘ygan. 

Dastlab murabbiyning videosini jurnalist Mixail Kozachkov o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan edi. Bu esa keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay mamlakat Olimpiya qo‘mitasi voqea bo‘yicha izoh bermadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Qozog‘iston delegatsiyasi jami 10 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 11-pog‘onasini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olimpiya o'yinlari murabbiy Xanchjou mast

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing